Sport | 21:10 / 01.03.2018
51754
2 daqiqa o‘qiladi

Boks. O‘zbekiston - Kolumbiya 4:1 (video)

WSB musobaqasining 2-turida «Cuba Domadores» klubini 4:1 hisobida mag‘lub etib, okean ortidagi mag‘lubiyat alamini olgan «Uzbek Tigers» endi «Colombia Heroicos» bokschilarini shu hisobda yengdi.

Toshkentdagi O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida bo‘lib o‘tgan boks kechasining oxirgi jangida +-91 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov xotirjamlik bilan g‘alabani o‘ziniki qildi.

Kristian Salsedoga qarshi 5 raund davom etgan jang yakunida barcha hakamlar bir ovozdan Bahodir Jalolovning 5:0 hisobidagi g‘alabasini e'lon qilishdi.

Shu tariqa, bu oqshomda ringga chiqqan 5 nafar o‘zbekistonlik bokschining 4 nafari g‘olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston Xudoynazar Fayzov kolumbiyalik Keybar Avilaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, -60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov Duvan Zuleta ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Xudoynazar Fayzov va Keybar Avila
Shunqor Abdurasulov va Duvan Zuleta

-69 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mahmud G‘oipov Aleksander Rangel hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa, -81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev Diyego Motoani taslim etdi.

Mahmud G‘oipov va Aleksander Rangel
Bektemir Meliqo‘ziyev va Diyego Motoa

O‘zbekistonlik sportchilar 3-turda ham g‘alabaga erishib, guruhdagi vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lishdi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid