Sport | 08:00 / 02.03.2018
6597
1 daqiqa o‘qiladi

Bakambu - Afrikaning eng qimmat futbolchisiga aylandi

«Vilyarreal» hujumchisi Sedrik Bakambu Xitoyning «Beytszin Goan» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining transferi uchun xitoyliklar 90 mln yevro to‘lashdi. 

Natijada, Bakambu gabonlik Per-Emerik Obameyangdan o‘zib ketib, Afrika tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi. Avvalroq, Obameyang uchun «Arsenal» 77 mln yevro to‘lagan edi.