Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,5 yashar qizcha onasining qor “ko‘chkisi”dan qutulib qolishiga sababchi bo‘ldi (video)
Rossiyaning Murmansk viloyatidagi turar joy binolarining biri oldida turgan ikki ayol va 1,5 yashar qizchaning ustiga yuqoridan katta miqdorda qor uyumi tushdi. Ushbu holat tasvirlangan video Rossiya tergov qo‘mitasining Telegram-kanalida joylashtirilgan.
Videoda bino ostida ikki ayol suhbatlashayotgani, ayollardan biri kichik qizchasini qo‘lidan ushlab turganini ko‘rish mumkin. Lahzalardan birida qizcha onasini chetga torta boshlaydi. Ayol tanishi bilan gaplashishda davom etib, uni tortqilayotgan qizchasi bilan chetga o‘ta boshlaydi. Shunda bino tomidan ular ustiga katta miqdorda qor uyumi tushadi.
“Ko‘chki” ularning barchasi ustiga tushganiga qaramay, ko‘rinishicha, bolali ayol biroz chetga o‘tgani sabab binoning shundoq tagida turgan tanishidan ko‘ra kamroq jabr ko‘rgan.
Tergov qo‘mitasida ta'kidlanishicha, ushbu voqea yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026