Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada nayza uloqtirish bo‘yicha rekordni yangilaydigan sportchiga orol sovg‘a qilinadi
Finlyandiyada nayza uloqtirish bo‘o‘yicha musobaqalar tashkilotchilari nayzani uzoqqa uloqtirish bo‘yicha rekordni yangilaydigan atletga orol sovg‘a qilishmoqchi. Bu haqda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) matbuot xizmati ma'lum qildi.
Amaldagi rekord finlyandiyalik Aki Parviaynenga tegishli bo‘lib, u 1999 yilda nayzani 93,09 metrga uloqtira olgan.
Kim rekordni yangilasa, o‘shanga Turku arxipelagidagi orollardan biri sovg‘a qilinadi.
Ta'kidlanishicha, germaniyalik Olimpiya chempioni Tomas Roler hamda uning hamyurti va amaldagi jahon chempioni Yoxannes Vetter ushbu mukofot uchun kurashish istagini bildirganlar.
Musobaqa esa 5 iyunda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
08:40 / 23.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘priklaridan biri ochildi
22:02 / 21.04.2026
Finlandiyada dunyodagi eng uzun piyodalar ko‘prigidan biri ochildi
14:45 / 01.01.2026