Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL-2018. «Lokomotiv» Qatardan quruq qaytadi
OChL-2018 guruh bosqichining 3-turida «Lokomotiv» safarda Qatarning «Ad-Duhayl» klubi mehmoni bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda O‘zbekiston chempionini tanib bo‘lmadi. «Lokomotiv» 25 daqiqa ichida 3ta (!) to‘p o‘tkazib yubordi. El-Arabiy (ikki marta) va Msakniy himoyachilarning qo‘pol xatolaridan foydalanib, toshkentliklar darvozasini osonlikcha ishg‘ol etishdi.
Ikkinchi bo‘limda «Lokomotiv» biroz jonlandi. 57-daqiqada Nivaldo va 59-daqiqada Bikmayevning gollari evaziga hisobdagi farq bittaga qisqardi. Shundan so‘ng, «temiryo‘lchilar» loaqal 1 ochko olish maqsadida ko‘plab hujumlarni uyushtirishdi. Biroq, ularning hech biri o‘z samarasini bermadi.
Guruhning yana bir o‘yinida Eronning «Zob Ohan» klubi «Al-Vahda»ni 2:0 hisobida yengdi.

Natijada, 3-tur o‘yinlaridan so‘ng, «Lokomotiv» guruhda 3 ochko bilan 3-o‘ringa tushib ketdi. «Ad-Duhayl» hisobida 9, «Zob Ohan» hisobida 6 ochko bor. «Al-Vahda» birorta ochko to‘plamagan.
OChL-2018. Guruh bosqichi, 3-tur
6 mart. Doha. «Abdulloh bin Halifa» stadioni
Ad-Duhail (Qatar) – Lokomotiv (O‘zbekiston) - 3:2
Gollar: Yusuf El Arabi (9, 19), Yusuf Msakni (24) - Nivaldo (58), Marat Bikmayev (59)
Hakamlar: Kristofer Jyeyms Bit (Avstraliya), Eshli Uarvik Ichem va Anton Shchetinin (Avstraliya), Timur Fayzullin (Qirg‘iziston)
Hakamlar nazoratchisi: Komalesvaran Sankar (Hindiston)
Komissar: Tun Tun Aung (Myanma)
Ad-Duhail: 40.Amin Lekomt, 22.Murod Naji, 4.Lukas Mendes, 18.Sulton Al Brake, 2.Muhammad Musa, 28.Yusuf Msakni, 10.Nam Te Xi, 8.Luiz Junior, 12.Karim Budiaf (15.B. Alravi, 72), 19.Almuaz Ali (7.Ismoil Muhammad, 69), 9.Yusuf El Arabi
Lokomotiv: 1.Ignatiy Nesterov, 22.Sanjar Shoahmedov, 33.Oleg Zoteyev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 7.Sadriddin Abdullayev (77.Diyor Turopov, 57), 27.Sardor Rashidov (19.Husniddin G‘ofurov, 80), 15.Sardor Mirzayev (6.Nivaldo, 56), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboyev, 10.Marat Bikmayev
Ogohlantirishlar: Sulton Al Brake 12, Marat Bikmayev 41, Diyor Turopov 89.
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022