Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada samolyot qulashiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Suriyaning Xmeymimidagi aviabazada RFga qarashli An-26 transport samolyoti halokatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» ma'lum qilmoqda.
«Aviahalokatga sabab, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, texnik nosozlik bo‘lgan bo‘lishi mumkin», - deya xabar berishgan Rossiya Mudofaa vazirligidan.
Ta'kidlanishicha, «voqea joyidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, samolyotga o‘t-olov ta'siri bo‘lmagan». Mahkamadan qayd etilishicha, komissiya ro‘y bergan hodisaning barcha ehtimoliy versiyalarini o‘rganadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga qo‘nish chog‘ida Rossiyaning An-26 transport samolyoti qulagani xabar qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 32 kishi halok bo‘lgan – 26 yo‘lovchi va ekipajning olti a'zosi. Qayd etilishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga 500 metr masofa qolganida yerga qulagan.