Jahon | 19:19 / 06.03.2018
6043
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya yetakchilari aprel oxirida uchrashadilar – Janubiy Koreya 

Chon Iy Yon. Foto: AP Photo/Lee Jin-man

Pxenyan AQSh bilan muzokaralar vaqtida raketa-yadroviy dasturlarini muzlatib turishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Seuldagi brifingda Shimoliy Koreyaga 5-6 mart kuni Janubiy Koreya delegatsiyasiga boshchilik qilgan, Janubiy Koreya prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Chon Iy Yon ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Shimol AQSh bilan Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish muammosi va ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha samimiy muloqot qilishga tayyorligini bildirgan. Pxenyan, shuningdek, AQSh bilan muzokaralar vaqtida raketa pusklari va yadroviy sinovlar o‘tkazmaslikka va'da bergan. 

Chon Iy Yonning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga nisbatan nafaqat yadroviy, balki oddiy qurol ham qo‘llamaydi. “Shimol Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishga sodiqligini ravshan ifodaladi va tuzumning xavfsizligi kafolatlansa va Shimoliy Koreyaga nisbatan harbiy tahdidlar bartaraf etilsa, unda yadroviy qurolga egalik qilishga asoslar qolmasligini aytdi”, deb aytdi Chon Iy Yon.

Uning ta'kiddlashicha, Shimol va Janub yetakchilari joriy aprel oxirida uchrashuv o‘tkazishadi.  

Chon Iy Yonning ma'lum qilishicha, ikki Koreya o‘rtasida 3-raqamli sammit umumiy xavfsizlik hududi Pxanmundjomda bo‘lib o‘tadi. “Tomonlar sammit oldidan ilk bor telefon muloqoti o‘tkazishga kelishib oldilar”, deb ta'kidlab o‘tgan Chon Iy Yon. 

Koreya yarimorolidagi vaziyat juda keskin bo‘lib qolmoqda. 2017 yilda Shimoliy Koreya 20 ta ballistik raketa puskini amalga oshirgan. O‘z navbatida AQSh ittifoqdoshlari bilan mintaqada katta ko‘lamli dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid