Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havoga sovurilgan pullar - «PSJ» 5 yil ichida 800 mln yevro sarfladi
Besh yil oldin «PSJ» Chempionlar Ligasi chorakfinaliga chiqqan edi. Shundan buyon klub transferlarga 800 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Ammo vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmadi.
2012/13 mavsumi - 145 mln yevro

2012 yil yozida «PSJ» dastlabki katta transfer kompaniyasini o‘tkazdi. Karlo Anchelotti bosh murabbiy qilib tayinlandi. Jamoa safini Ibrahimovich, Tyago Silva, Verratti va Lavessi to‘ldirdi. Yoshlar jamoasidan Adriyen Rabo asosiy tarkibga qabul qilindi. Qishda Devid Bekxem bilan yarim yillik shartnoma imzolandi. Umumiy transfer xarajatlari 145 million yevroni tashkil qildi. Jamoa Chempionlar Ligasi chorakfinaligacha yetib borib, «Barselona» bilan ikki marta durang o‘ynab, safarda urilgan gol qoidasiga ko‘ra musobaqani tark etdi. Mavsum oxirida Anchelottining javobi berildi. Oradan 5 yil o‘tgan bo‘lsa-da, «PSJ» uchun Chempionlar Ligasi chorakfinali eng yuqori marra bo‘lib qolmoqda.
2013/14 mavsumi - 136 mln yevro

Jamoaga Edinson Kavani, Markinos va Lyuka Din keldi. Yoshlar jamoasidan Kingsli Koman asosiy tarkibga o‘tkazildi. Loran Blan yangi bosh murabbiy bo‘ldi. Uning qo‘l ostida «PSJ» chempionat va Liga kubogida zafar quchdi. Chempionlar Ligasida chorakfinalgacha yetib bordi va «Chelsi»ni o‘z uyida 3:1 hisobida yengib, safarda 0:2 hisobida yutqazdi.
2014/15 mavsumi - 50 mln yevro

«PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topildi. Jamoaning xarajatlari cheklandi, yevrokuboklar uchun taqdim qiladigan futbolchilar ro‘yxati qisqartirildi. Natijada, 50 million yevro evaziga faqat David Luiz xarid qilindi xolos. Jamoa chempionat va Kubokda zafar quchdi. Chempionlar Ligasida chorakfinalgacha yetib borib, ikki marta «Barselona»ga yutqazdi.
2015/16 mavsumi - 116 mln yevro

UYeFA tomonidan yangi surishtiruv ishlari boshlanganiga qaramay, «PSJ» bir necha futbolchi uchun pul topa oldi. Jamoa safini Di Mariya, Kyurzava, Ore va Trapp to‘ldirdi. «PSJ» ichki musobaqalarning barchasida - chempionat, Kubok va liga Kubogida zafar quchdi. Chempionlar Ligasi chorakfinalida Manuel Pellegrini qo‘l ostidagi «Manchester Siti» to‘sig‘idan o‘tolmadi - durang va mag‘lubiyat.
2016/17 mavsumi - 139 mln yevro

Yangi bosh murabbiy Unai Emeri uchun kuchli transfer kampaniyasi o‘tkazildi. Jamoaga Yulian Draksler, Gonsalo Guyedesh, Gjyegoj Krixovyak, Xese, Jovani Lo Chelso, Ben-Arfa va Toma Myone keldi. Biroq, yangi futbolchilarning hammasi ham jamoa tarkibida o‘ynab ketolmadi. Guyedesh qishda ijaraga ketdi, Xese, Krixovyak va Ben-Arfa zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qoldi.
«PSJ» Fransiya chempionatida kutilmaganda «Monako»ga imkoniyatni boy berdi, ammo har ikkala kubokni ham qo‘lga kiritdi. Chempionlar Ligasi nimchorakfinalida esa yana «Barselona» to‘sig‘idan o‘tolmadi. Dastlabki o‘yindagi 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng, safarda 1:6 hisobida yutqazib, sharmanda bo‘ldi.
2017/18 mavsumi - 238 mln yevro

Bu aniq raqamlar emas. «PSJ» 180 mln yevro turadigan Mbappe uchun hech narsa to‘lamadi. Agar uning transferini hisobga oladigan bo‘lsak, umumiy xarajatlar 418 mln yevroni tashkil qildi.
Neymarning transferi orqali bozor «portlatildi». Bu futbolchilarning xaridi aynan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun qilingan edi. Ayni paytda «PSJ» chempionatda katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Chempionlar Ligasi nimchorakfinalida esa mavsumni yaxshi o‘tkazolmayotgan «Real» to‘sig‘idan o‘tolmadi.
Umumiy xarajatlar - 859 mln yevro
«PSJ» futbolchilarning transferiga jami 859 mln yevro sarfladi. Ammo Yevropada yuqori natijalarga erisholmadi.
Markinos, David Luis, Di Mariya, Draksler, Kavani, Neymar, Mbappe – bu futbolchilarning barchasi 5 yil oldingi natijani yaxshilay olmadi. O‘shanda Anchelotti qo‘l ostida o‘ynagan Lavessi, Matyuidi, Maksvell, Mamadu Sako va Zlatan Ibrahimovich erishgan yutuqlar yangilanmadi.
Mavzuga oid
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026