Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Navbahor» Olmaliqda so‘nggi lahzalarda g‘alabani ilib ketdi
Superliga 2-turida Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida «Navbahor»ni qabul qildi.
50-daqiqada Aziz Turg‘unboyev jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va chiroyli goli bilan «Navbahor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Otabek Zokirovning jarima maydoniga oshirgan to‘pini Zafar Polvonov boshi bilan darvozaga yo‘lladi va hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida «Navbahor» burchak zarbasini amalga oshirdi. Aziz Turg‘unboyevning jarima maydoniga yetkazgan to‘pini Dilshod Jabborov boshi bilan darvozaga kiritdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng, «Navbahor» 4 ochko jamg‘arib, 1-o‘ringa chiqib oldi. OKMK hisobida 1 ochko bor.
Superliga, 2-tur
8 mart (payshanba)
OKMK – «Navbahor» - 1:2 (0:0)
Gollar: Zafar Polvonov (82) - Aziz Turg‘unboyev (50), Dilshod Jabborov (90+5)
Hakamlar: A.Risqullayev (Toshkent), A.Tsapenko (Toshkent vil.), T.Gaynullin (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi – K.Smirnov. Komissar – A.Frolov.
OKMK: 12.Roman Abdulov, 2.Abduqahhor Xojiakbarov (18.Qahramon Bahodirov, 60), 4.Xurshidbek Muxtorov, 8.Muzaffar Muzaffarov (77.Otabek Zokirov, 59), 10.Shoxnazar Norbekov (9.Zafar Polvonov, 81), 13.Lutfulla To‘rayev, 15.Vladimir Bubanya, 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich, 24.Javlon Guseynov, 87.Vadim Chemirtan
«Navbahor»: 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O‘runov, 8.Ayubxon No‘'monov, 10.Azizbek Turg‘unboyev, 12.Nenad Inyats (15.Azamat Allaniyozov, 86), 19.Mirzohid G‘ofurov, 21.A'zam Aliyev (9.Dilshod Jabborov, 85), 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoyevich
Ogohlantirishlar: Darko Stanoyevich 43.
Mavzuga oid
17:00 / 26.03.2026
OKMK: sun’iy intellekt - yuqori sifat, aniq nazorat va tejamkorlik kaliti
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
17:30 / 18.02.2026
“To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilmagan” – OKMK 200 mln dollarlik tenderlar haqida izoh berdi
19:24 / 17.02.2026