Sport | 19:51 / 09.03.2018
6397
2 daqiqa o‘qiladi

Pyongchangda qishki Paralimpiya o‘yinlari ochildi 

Foto: Reuters

Bugun, 9 martda Pyongchangda qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In e'lon qildi.  

O‘yinlar ochilishi marosimi yorug‘lik shousi, mushakbozlik, ishtirokchi davlatlar paradi va Paralimpiya mash'alasi yoqilishidan iborat bo‘ldi.

Pyongchangdagi Paralimpiada sportchilar soni bo‘yicha tarixda eng yirigi bo‘ladi, unda 48 ta davlatdan 567 sportchi ishtirok etadi. Uchta davlat ilk bor o‘yinlarda ishtirok etadi: Shimoliy Koreya, Gruziya va Tojikiston. Eng ko‘p sonli delegatsiyani AQSh olib kelgan (68 sportchi).    

Rossiyalik sportchilar Sochi Olimpiadasidagi doping mojaro sababli neytral bayroq ostida ishtirok etadilar. 

Paralimpiadada 6 ta sport turi – tog‘ chang‘isi, snoubord, xokkey, kyorling, chang‘i va biatlonda 80 ta medallar to‘plami o‘ynaladi.

Ilk musobaqalar 10 mart ertalab tog‘ chang‘i sportida boshlanadi. O‘yinlar 18 martgacha davom etadi.

Mavzuga oid