Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar sanoat korxonalari milliy ko‘rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahrida ochilgan mamlakatimiz sanoat korxonalari milliy ko‘rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, dastlab bu yerda «G‘alaba – Amuzang – Xushadi» temir yo‘l tarmog‘ining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar poyezd harakatini boshlash uchun ramziy tugmani bosishgan
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishishgan.
Ko‘rgazma ikki qismda tashkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda «O‘zeltexsanoat», «O‘zkimyosanoat», «O‘zto‘qimachiliksanoat», «O‘zbekipaksanoat», «O‘zbekcharmpoyabzali», «O‘zbekneftegaz», «O‘zfarmsanoat», «O‘zqurilishmateriallari», «O‘zbekoziqovqatxolding», «O‘zsharobsanoat», «O‘zmetkombinat» kabi yirik kompaniya va assotsiatsiyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda.
500 metr kvadrat ochiq maydonda avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston Prezidentida katta taassurot qoldirdi. Ularning sifati va narxi barchaga ma'qul bo‘lishini ta'kidladi. Ko‘rgazma-yarmarkani yana ko‘proq vaqt davom ettirish, O‘zbekiston mahsulotlarini sotish va hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
16:45 / 15.11.2025