Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. Reshford dubli «Manchester Yunayted»ga g‘alaba keltirdi
APL 30-turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Liverpul» bilan bellashdi.
14-daqiqada Markus Reshford himoyachining xatosidan foydalanib hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, u hisobdagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Bayi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, «Liverpul» muxlislariga umid bag‘ishlagan edi. Biroq, «Manchester Yunayted» o‘yin oxiriga qadar g‘alaba keltiruvchi hisobni ushlab qoldi.
Bu natijadan so‘ng, «Manchester Yunayted» 65 ochko bilan 2-o‘rinda, «Liverpul» 60 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
APL, 30-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 2:1 (2:0, 0:1)
10 mart, «Old Trafford» stadioni
Gollar: 1:0 – 14 Reshford, 2:0 – 24 Reshford, 2:1 – 66, avtogol Bayi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Smolling, Valensiya, Maktomini, Yang, Mata (Lingard, 89), Matich, Sanches (Darmian, 90), Reshford (Fellayni, 70), Lukaku.
Liverpul – Karius, Lovren, Robertson (Solanke, 84), Aleksander-Arnold (Veynaldum, 80), van Deyk, Firmino, Oksleyd-Chemberlen (Lallana, 62), Salax, Jon, Mane, Milner.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026