Özbekiston mustaqillikka erişgaç, özining boy tarixini, milliy qadriyatlarini örganişga yanada e'tibor qaratdi, ularni jahon hamjamiyatiga yanada yaqindan taniştiriş maqsadida mamlakat hududida joylaşgan tarixiy obidalarni tiklaşga, tarixiy şaxslarning hayot va ijod yöllari yanada çuqur örganişga kirişildi.

Jumladan, sohibqiron Amir Temur bilan boğliq tarixiy haqiqatlar, hamonki, nafaqat özbekistonlik, balki dunyo olimlarini ham qiziqtirib kelmoqda. Amir Temur siymosi bilan çambarças boğlangan turli afsonalar, bugun real hayotda öz haqiqatini topmoqda. Ana şunday tarixiy jumboqlardan biri Sohibqironning öz ona vatani Keş şahrida özi uçun qurdirgan dahmasidir. Ammo Amir Temur vafotidan keyin u yerga dafn etilmagan? Xöş, nega?

Maqbaraning qurilişi

Ma'lumotlarga köra, Amir Temur Şahrisabzda bölib turgan kezlarida me'mor va muhandislarni çaqirtirib, öğli Jahongir Mirzo maqbarasidan öttiz-qirq qadam narida özi uçun möljallangan maqbara loyihasini tayyorlaşni buyuradi, loyiha böyiça öz körsatma va maslahatlarini beradi. Loyiha tayyor bölgaç, uni közdan keçirgan Sohibqiron tegişli özgartirişlar ham kiritib, maqbara qurilişini darhol boşlaşga amru-farmon beradi. Quriliş işlari 1394 yilda boşlanadi.

Buyuk sarkarda harbiy yurişlardan qaytişda, albatta, Şahrisabzga kirib ötib, maqbara qurilişi borişidan xabardor bölib turadi. Ammo körkamlikda şahardagi boşqa mahobatli binolardan qolişmaydigan maqbara bitmay qoladi. Buning ustiga Xitoyga yuriş qilgan sarkardaning tösatdan soğliği yomonlaşib, öşa yuriş paytida vafot etadi. Uning jasadini şoşilinç ravişda Samarqandga olib kelişadi.

Nega Samarqand, Şahrisabz emas?

Amir Temur nega özi uçun qurdirgan sağana qolib, Samarqandda nabirasi – Muhammad Sulton yotgan maqbaraga dafn etildi? Bunga bir neça sabablar bölgan bölişi mumkin.

Birinçidan, Soxibqiron vafot etgaç, olti kundan keyin tuproqqa qöyildi, beş kuni esa Ötrordan poytaxtgaça yöl bosişga ketdi. Öşa  yil qiş qattiq keldi. Taxtiqoraça dovonini ham qalin qor bosgan edi. Bunday şaroitda Sohibqironning jasadi qöyilgan tobutni Şahrisabzga eltiş uçun yana bir-ikki kun zarur edi. Islom şariati esa mayyitni tezroq qabrga qöyişni taqozo qilardi. Bularga qöşimça Şarafiddin Ali Yazdiyning duşmanlar xabar topmasinlar deb Sohibqironning vafot etganligini yaşirdilar, deb yozganini ham yana bir bor eslaş kerak. Amir Temurning jasadini şunça uzoq yöldan izğirinli qiş şaroitida Samarqandga olib keliş va dafn qilişgaça bölgan barça işlar öta maxfiy qilinganligi sababi ham şundan bölsa ajab emas.