19:35 / 10.03.2018
14680

Toshkent derbisi. «Paxtakor» so‘nggi daqiqada penaltini urolmadi, «Bunyodkor» dramatik g‘alabaga erishdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston chempionatining 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvida Toshkent jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

O‘yin Mirjalol Qosimov shogirdlari ustunligida kechdi. 79-daqiqada Rustam Ashurmatov darvozabondan qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan holda hisobni ochdi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalari esa dramatik kechdi. «Paxtakor» penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. «Qaldirg‘ochlar» jamoasi himoyachisi Davron Umirov hakam hushtagi yangrashi arafasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam Sherzod Qosimov 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Biroq Jasur Hakimovning zarbasini Murodjon Zuhurov egallab oldi.

Birinchi turda «Paxtakor» «So‘g‘diyona»ni yenggandi, «Bunyodkor» esa o‘z maydonida OGMK bilan durang o‘ynagandi — 1:1.

Endilikda «Bunyodkor» muhim o‘yinda g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston Superligasi, 2-tur
«Bunyodkor» – «Paxtakor» 1:0 (0:0)
Gol:
Rustam Ashurmatov (79)
«Bunyodkor»: 25. Murod Zuhurov, 20. Mirg‘iyos Sulaymonov, 2. Rustam Ashurmatov, 6. Anvar G‘ofurov, 4. Akrom Komilov, 8. Javlon Ibrohimov, 44. Mirjamol Qosimov (18. Sardor Sobirxo‘jayev, 60), 30. Xurshid G‘iyosov (3. Islomjon Qobilov, 85), 13. Sanjar Qodirqulov (28. Davron Umirov, 46), 11.Murodjon Toshmatov, 9. Shahzodbek Nurmatov.
«Paxtakor»: 25.Eldorbek Suyunov, 2. Akmal Shorahmedov, 4. Sherzod A'zamov, 55. Marko Simich, 34.Farruh Sayfiyev, 8. Dilshod Rahmatullayev (7. Azimjon Ahmedov, 82), 80. Rostin Griffits, 77. Tiago Bezerra, 18. Bahrom Abduraximov (22. Jasur Yaxshiboyev, 69), 9. Jaloliddin Masharipov, 11. Ismoil Gonsalvesh (20. Jasur Hakimov, 78).
Noaniq penalti: Jasur Hakimov (90+4)
«Bunyodkor» stadioni. 20186 tomoshabin
Hakamlar: Sh.Qosimov (Toshkent), S.Shoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), I.Xudoydotov (Toshkent).

Top