15:40 / 11.03.2018
7357

O‘quvchi-yoshlar desantchilar bilan harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi

Toshkent harbiy okrugida joylashgan dala-o‘quv maydonida o‘quvchi-yoshlar desantchilar bo‘linmasining ko‘rgazmali-jangovar mashg‘ulotlarini kuzatishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litseyning maxsus guruhi, Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji, umumta'lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Yoshlar nishonlarga o‘q otish, havo-desant, muhandislik, aloqa, texnika tayyorgarligi, jangovar mashinalarni boshqarish kabi o‘quv joylarida ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar harbiy xizmatchilar bilan turli mashqlarni bajarib ko‘rishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid
Top