General Motors yangi servisni yo‘lga qo‘ymoqchi
General Motors konserni avtomobil egalariga o‘z mashinalarini ijaraga berish imkonini beruvchi servisni test rejimida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Xizmat Maven karshering provayderi konserniga tegishli platformada ishlaydi. Bu haqida Bloomberg o‘z manbalariga asoslanib, ma'lum qildi.
Dastlabki dastur joriy yilning yozida ishga tushadi. Muvaffaqiyat qayd etilgan taqdirda u GM'ning avtoishlab chiqaruvchidan xizmatlar provayderiga aylanish bosqichlaridan biri bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Xususiy avtomobillarni tasarrufiga kiritib, Uber, Lyft va kurerlik xizmatlari bilan ishlovchi Maven qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilmay, o‘z parkini kengaytira oladi.

GM P2P-biznesi rivojlanish istiqbollarini ko‘zda tutuvchi yagona ishlab chiqaruvchi emas. O‘tgan yilning sentabrida Daimler AG konserni investitsiyalar raundini boshqarib, uning davomida xususiy avtomobillarni ijaraga beruvchi Turo startapi 92 million dollarni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Turo raqibi sarmoyachisi — Toyota.
General Motors karshering va p2p-servislardan tashqari, haydovchisiz taksilar xizmatini yo‘lga qo‘yish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida kompaniya avtonom TS Cruise AV bazasidagi Chevrolet Bolt mashinasini namoyish qildi. Rul va pedallarsiz avtomobil besh lazer LiDAR, 16 kamera va 21 radar bilan jihozlangan.

Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi
Jahon | 22:32
-
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
O‘zbekiston | 22:21
-
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
Jahon | 22:17
-
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini sayladi
Jahon | 21:51
Mavzuga oid

12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov

18:16 / 26.03.2025