Koinotning 14 milliard yillik "hayoti" 10 daqiqalik rolikda

Foto: youtube.com\melodysheep
Amerikalik Jon Bolsuell 14 milliard yil davomida Koinotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida so‘zlovchi 10 daqiqalik video ishladi. Taymlaps musiqachi va videosevarning YouTube-kanalida taqdim etdi.
"Vaqtning kosmik ko‘lamida insoniyat tarixi ko‘z ochib yumgudek qisqa davrni o‘z ichiga oladi. 13,8 milliard yilni 10 daqiqalik shkalaga sig‘dirgan bu video bizning naqadar yoshligimiz va Koinotning qanchalik ulkanligini ko‘rsatadi. Katta portlashdan boshlab to homo sapiens'ning paydo bo‘lgunicha, bu zamonaviy ilmiy tushunchalarga qat'iy rioya qilgan holda soniyasiga 22 million yil tezlikda rivojlanishni kuzatishga urinishdir", - deydi Bosuell.
Videoda olimlar Brayan Koks, Karl Sagan va Devid Attenborolarning fikrlari jaranglaydi.
Bosuell videoni yaratishda NASA, Voyage of Time, Cosmic Voyage, Wonders of the Universe va boshqa ochiq manbalar ma'lumotlaridan foydalangan.
"13,8 milliard yil qancha vaqtdan iborat ekanini tushunish qiyin. Bu videoni qancha ko‘p ko‘rsangiz, Koinotning naqadar "keksaligi"ga shunchalik g‘arq bo‘lasiz. Umid qilamanki, bu videoni ko‘rib, bizgacha qanchalik mislsiz vaqt o‘tgani va unda bizning naqadar qisqa vaqt yashab o‘tishimiz haqida o‘ylab ko‘rasiz", - deya ta'kidladi taymplas muallifi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

13:17 / 01.02.2025
Oyda elektr: olimlar kosmik missiyalar uchun yadro reaktorini yaratdi

17:02 / 22.01.2025
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich

21:07 / 01.01.2025
Koinotdagi chiqindilar Yer orbitasini falaj qilishi mumkin - OAV

16:51 / 16.11.2024