20:20 / 14.03.2018
5763

«Katta dubulg‘a» musobaqalarining 6 karra chempioni Ken Flek vafot etdi

Foto: Getty Images

Amerikalik sobiq tennischi Ken Flek 55 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Professional tennischilar uyushmasi rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

“Menga bizning katta do‘stimiz Ken Flek o‘tgan tunda oilasi qurshovida hayotdan ko‘z yumganini aytish juda og‘irdir”, deb yozgan boshqa bir sobiq tennischi Robert Segusoning rafiqasi Karling Basset feysbukda.

Ma'lum qilinishicha, Flek sepsisdan vafot etgan.

Flek juftlikda Uimbldon musobaqasining 2 karra chempioni hisoblanadi, u bu musobaqani Robert Seguso bilan 1987 va 1988 yillarda yutgan. U, shuningdek, 1988 yilgi Seuldagi yozgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Marhum tennischi shuningdek Rik Lich bilan 1993 yilda US Open musobaqasi g‘olibi bo‘lgan.

Top