Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bobomurod Abdullayev sudda ko‘rsatma berishni boshladi
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darish va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga uringanlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev sudda ko‘rsatma berishni boshladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
«O‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni batamom inkor etgan Abdullayev sudda o‘zining qo‘lga olinish jarayoni, o‘ziga nisbatan qiynoqlar bo‘lganini batafsil hikoya qilmoqda. U rost so‘zlamoqda, aks holda Bobomurod bu qadar aniq, ikir-chikirigacha hikoya qila olmas edi», - dedi advokat S.Mayorov.
Uning aytishicha, Abdullayev va himoyachilari, garchi sud-tibbiy ekspertizasi qiynoqlar bo‘lganini tasdiqlamagan bo‘lsa-da, qiynoqlar bo‘lganini ta'kidlashda davom etishadi hamda ko‘rsatma berish jarayonida barchasiga oydinlik kiritiladi.
«Bobomurod ko‘rsatmalarida tergov ishida yozilganlaridan tubdan farq qiluvchi ko‘rsatmalar bermoqda. Masalan, jinoyat ishida Usmon Haqnazarov taxallusini 2012 yildan boshlab qo‘llay boshlaganini yozgan. Ammo Bobomurod bugungi sud majlisida bu taxallusni 2003 yildan beri qo‘llashini tasdiqladi», - dedi Abdullayev advokati.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya va AQSh Isroildan Suriyaga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi
Jahon | 22:19
-
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
Jahon | 22:15
-
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi
Jahon | 22:11
-
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi
Fan-texnika | 21:47
Mavzuga oid

15:14 / 25.10.2020
«Bu siyosiy pora emas» – Bobomurod Abdullayev o‘ziga uy berilishida hech qanday shart qo‘yilmaganini aytdi

18:27 / 23.10.2020
Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi

00:01 / 23.08.2020
Bobomurod Abdullayev onasining iltimosini inobatga olgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

10:55 / 22.08.2020