Nazarboyev: «Meva-sabzavotlar O‘zbekistonda mo‘l hosil berib yotibdi, biz esa qulupnayni hali-hanuz Isroildan olib kelamiz»
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashdi.
"Biz to‘liq tarkibda deyarli 10 yildan beri uchrashmagan edik, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi masalalari: iqtisodiyot, chegaralar, transportni muhokama qildik. Markaziy Osiyo doirasidagi asosiy masalalar haqida suhbatlashdik. Hech qanday kotibiyat yo idora tuzmaganmiz, tuzmaymiz ham", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Markaziy Osiyo davlatlari faol hamkorlik qilmoqda va rivojlanmoqda.
"O‘tgan qisqa vaqt ichida yillar davomida hal qilinmagan masalalar hal qilindi. Masalan, O‘zbekiston davlat rahbari barcha mamlakatlarga borishga ulgurdi. O‘zbekiston va Tojikiston, Qirg‘iziston bilan chegaraga bog‘liq muammolar o‘n yillar mobaynida hal qilinmagan edi", - dedi Nazarboyev.
U Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegara demakratsiyasi jarayonini to‘liq tugallaganini ta'kidladi. "Barcha hujjatlar imzolandi. Hech qanday muammo qolmadi. Bu juda muhim davr", - dedi QR prezidenti.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari YaIMning o‘rtacha o‘sishi katta sur'atlarda rivojlandi, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi ikki baravarga oshdi.
"Meva va sabzavotlar O‘zbekiston va Tojikistonda mo‘l hosil berib yotibdi, biz esa hali-hanuz qulupnayni Isroildan olib kelamiz. Bu oddiy masala emas. Biz bu savdo tizimini yo‘lga qo‘ygan amaldorlarni qo‘lga olishimiz kerak, ularga yon qo‘shnilardan olgandan ko‘ra, o‘sha yerlardan olib kelgan foydaliroq", dedi Nazarboyev.
Mavzuga oid
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024