Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rtlik uchrashuvdan mamnun. Ular har yili Navro‘z arafasida uchrashishadi
Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti So‘ranbay Jyeyenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamadev oldinroq rejalashtirilgan oliy darajadagi yig‘ilishlari sabab uchrashuvga kela olmadi, uning o‘rniga Turkmaniston Majlisi raisi Akja Nurberdiyeva qatnashdi.
Mezbon davlat rahbari Nursulton Nazarboyev uchrashuv juda muvaffaqiyatli kechgani, unda xalqaro kun tartibidagi muhim masalalar muhokama qilingani haqida ma'lum qildi.
Markaziy Osiyo davlatlari hududiy xavfsizlik, chegara masalalari, transport kommunikatsiyasi, suv energetikasi resurslari, tarif siyosati, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
«Bunday uchrashuvni muntazam o‘tkazish va mintaqaviy muammolarimizni birgalikda hal etish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi. Yig‘ilishimiz hammamiz uchun umumiy bo‘lgan Navro‘z bayrami arafasida o‘tayotgani ham chuqur ma'noga ega. Albatta, alohida uchrashib turardik, muloqot qilardik, lekin bunday yaxlit uchrashuv anchadan beri bo‘lmagan edi», dedi Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti bunday uchrashuv har yili Navro‘z bayrami arafasida Markaziy Osiyo davlatlaridan birining poytaxtida o‘tkazilishini ma'lum qildi.
Navbatdagi uchrashuv kelgusi yili Toshkentda tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
17:53 / 08.06.2026