Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 13 yoshli grossmeyster Islandiyadagi xalqaro musobaqada 2-o‘rinni egalladi
Joriy yilning 6-14 mart kunlari Islandiyaning Reykyavik shahrida shaxmat bo‘yicha Bobbi Fisher xotirasiga bag‘ishlangan GAMMA Reykjavik Open 2018 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 34 mamlakatdan 248 nafar sportchi ishtirok etdi.
Shaxmat federatsiyasining KUN.UZ’ga xabar berishicha, 9 tur natijalariga ko‘ra Nodirbek Abdusattorov musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, 248 nafar ishtirokchi orasidan 17-o‘rinni egalladi. Shuningdek, u 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada 1-o‘rinni 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘argan hindistonlik xalqaro grossmeyster V.Adxiban, 2-3 o‘rinlarni xalqaro grossmeysterlar fransiyalik M.Lagarda hamda turkiyalik Mustafo Yilmazlar egalladi. O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov taniqli sportchilar fransiyalik M.Lagarda, ukrainalik Pavel Elyanov hamda amerikalik Gata Kamskiy bilan durang natijaga erishdi va jami 4 g‘alaba hamda 5 durang kayd etib, 6,5 ochko jamg‘ardi.
Shuningdek, 10 mart kuni Harpa Blitz 2018 blits yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada 15 mamlakatning 59 nafar sportchisi ishtirok etdi. 9 turdan iborat blits musobaqasida Nodirbek Abdusattorov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 14 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
16:31 / 15.04.2026
“G‘ururlanaman, sen qahramonimizsan” - Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorovni shaxsan tabrikladi
12:05 / 15.04.2026