07:53 / 16.03.2018
3783

Misr prezidenti terrorchilarga qarshi shaxsan o‘zi jang qilishga tayyorligini ma'lum qildi  

Foto: AFP 2018 / Alain Jocard

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy terrorchilargi qarshi janglarda shaxsan o‘zi ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarida aytilgan. As-Sisiy bu so‘zlarni Misr qurolli kuchlari tomonidan terrorchilar qo‘lidan halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga bag‘ishlangan anjumanda aytib o‘tgan.

“Terrorchilikdan qutulish uchun harbiy kiyim kiyib, zobitlar va askarlar bilan yelkama-yelka jang qilishga tayyorman”, deb aytgan as-Sisiy. Uning aytishicha, “Misr oilalari yuz million misrlik tinchlik va xavfsizlikda yashashi uchun yuzlab o‘z o‘g‘lonlarini qurbon qilmoqdalar”.  

Misr qurolli kuchlari va politsiyasi fevralning ilk kunlari Sinay yarimoroli va Misrning qolgan hududlarida katta ko‘lamli aksilterrorchilik amaliyotini boshladi. Armiya matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, bu vaqt ichida 120 nafar jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.   

Mavzuga oid
Top