Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARning sobiq prezidenti sud oldida javob beradigan bo‘ldi
JAR sobiq prezidenti Jyeykob Zuma korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqida 16 mart kuni mamlakat bosh prokurori Shon Abrams ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 75 yoshli siyosatchi 1990-yillar oxirida qurol yetkazish bo‘yicha kelishuv uchun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi. Uning summasi 30 milliard rand (2,5 milliard dollar)ni tashkil qilgan. U paytlar Zuma vitse-prezident lavozimida bo‘lgan. Bu kelishuvdagi korrupsiya uchun uning sobiq moliyaviy maslahatchisi ozodlikdan mahrum qilingan.
Bosh prokuratura vakilining aniqlik kiritishicha, umumiy hisobda siyosatchiga 783 taxminiy qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha 16 ayblov qo‘yilmoqda.
"Masalani o‘rganib chiqaandan keyin Zumaga ayblov xulosalarida sanab o‘tilgan ayblovlar bo‘yicha sudning muvaffaqiyatli yakunlanishiga real imkoniyatlar mavjud deb hisoblayman", - dedi Abrams. U sobiq prezident o‘z aybini inkor qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Zuma hukmron Afrika milliy kongressi (AMK) bosimi munosabati bilan millatga televizion murojaati vaqtida 15 fevral kuni iste'foga chiqishi haqida e'lon qilgan. Mamlakatning yangi prezidenti etib sobiq vitse-prezident Siril Ramaposa tanlangan. U yurtdoshlariga korrupsiyaga qarshi kurashishga bor kuchini safarbar etishga va'da bergandi.
So‘nggi vaqtlarda muxolifat hukmron partiya va shaxsan prezidentning o‘zini davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblayotgandi. Zumanining davlat rahbari sifatidagi muddati 2019 yilda nihoyasiga yetishi kerak edi. U oxirgi 10 yilda mamlakatni boshqargan.
Mavzuga oid
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026