Fan-texnika | 21:35 / 19.03.2018
14296
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda dunyodagi eng katta aviatsiya dvigateli sinovdan o‘tkazildi

AQShning Boeing kompaniyasi mutaxassislari fuqarolik avialaynerlari uchun dunyodagi eng katta va eng kuchli aviatsiya dvigateli GE9X’ning parvoz sinovlarini o‘tkazdilar. 4 soatlik parvoz yangi dvigatel Boeing samolyotlarini tejamkorroq va ishonchliroq qila olishini tasdiqladi.

Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, GE9X dvigateli eng katta va sig‘imdor bo‘lgan Boeing 777X samolyotining nafaqat yonilg‘i samaradorligini oshirishi kerak. Bu samolyotlarning ishlab chiqarilishi va GE9X dvigatellari bilan jihozlanishi 2019 yilga belgilangan. 

Foto: digitaltrends.com

Yangi Boeing 777X samolyoti kompaniya tomonidan yaratilgan eng yirik samolyot hisoblanadi. Istiqbolli samolyot shunchalik katta chiqqanki, uni dunyoning istalgan aeroportida qo‘ndira olish uchun sharnir turidagi qanot bilan jihozlangan. Bunday qanot aeroport turiga qarab uzunligini o‘zgartira oladi. Yangi samolyot bortida uch sinfdagi salonda 406 yo‘lovchi joylashtirilishi mumkin.

Mavzuga oid