IBM burgadek keladigan mikrokompyuter yaratdi
AQShning IBM kompaniyasi IBM Think 2018 anjumanida mitti kompyuterni taqdim qildi. Bu kompyuterni ko‘rish uchun mikroskop kerak bo‘ladi, deb xabar bermoqda Mashable portali.
Kompaniya vakillarining aytishicha, kompyuter o‘lchami tuz kristali yoki burgadek keladi. Qurilmaning platasi x86 hisoblash chipida qurilgan, u o‘z ichiga “bir necha yuz ming tranzistor”ni olgan. Mikrokompyuterning tannarxi 10 sentdan kamroqni tashkil qiladi.
Bunday qurilma, albatta, unumdorligi bilan maqtana olmaydi, biroq “buyumlar interneti” segmentiga (aqlli muzlatgichlar, chiroqlar va boshqalar) asqatishi mumkin. Shuningdek, qurilma blokcheyn negizida ishlashi kerak bo‘ladi. IBM’ning tadqiqotlar bo‘limi rahbari Arvind Krishenning aytishicha, yaqin 5 yilda bunday kompyuterlar ommaviy ravishda maishiy texnikaga o‘rnatiladi.

So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyati ekoturizm salohiyatini rivojlantirishda Ozarboyjonning Agalarov Development kompaniyasi hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 15:47
-
Endi radar orqali qayd etilgan qoidabuzarlik uchun qaror bir oydan kechiktirilsa, jarima qo‘llanmaydi
O‘zbekiston | 15:21
-
OAV: Xomanaiy Isroil zarbalaridan bunkerda yashirinyapti
Jahon | 15:11
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
Mavzuga oid

18:00 / 10.10.2024
IBM Green Light ITS’ni Markaziy Osiyodagi eng yaxshi hamkor sifatida tan oldi

21:26 / 26.08.2024
IBM kompaniyasi Xitoydagi minglab xodimlarini ishdan bo‘shatadi

08:35 / 03.05.2023
IBM xodimlarining bir qismini sun’iy intellekt bilan almashtiradi

19:37 / 14.04.2023