Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Savchenko effekti. Poroshenko Radaga qurol olib kirishni taqiqladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Oliy radasi binosiga sovuq va o‘qotar qurol olib kirishni taqiqladi. Bu haqda Poroshenkoning saytida xabar beriladi.
«Qonunga muvofiq, Ukraina Oliy radasi, Ukraina prezidenti, Ukraina Vazirlar Mahkamasi binosi, shuningdek, Ukraina davlat ijro organlari ishlovchi hamda davlat tomonidan qo‘riqlanadigan boshqa inshootlarga sovuq yoki o‘qotar qurolga ega bo‘lgan shaxslar kiritilmaydi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu binolarga portlovchi moddalar, o‘q-dorilar, qurol mulyajlari, yonuvchi moddalar va tez yonadigan buyumlarni olib kirish taqiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko kutilmagan videoni e'lon qilgani xabar berilgandi.