Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram lentadagi postlar namoyishiga yangicha yondashadi
Instagram yangiliklar lentasida postlar namoyishiga odatiy yondashuvini o‘zgartiradi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqning rasmiy blogida ma'lum qilindi. Ta'kidlanishicha, yangicha yondashuv foydalanuvchilarga eng dolzarb kontentlarni ko‘rish imkonini beradi.
"Bugun biz "Yangi postlar" tugmasini ishga tushirdik. U sizga qaysi payt lentani yangilash borasida mustaqil qaror chiqarish imkonini beradi. Shu tugmaga bossangiz, lenta tepasidagi oxirgi kontentga kirasiz, bosmasangiz - lentani ko‘ra boshlagan paytingizdagi postlarni kuzatishda davom etasiz", - deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoqda yangicha yondashuv Instagram foydalanuvchilarini xursand qilishiga umid bildirishdi.
Shuningdek ishlab chiquvchilar yana bir o‘zgartirish kiritishga qaror qilishdi, unga ko‘ra, yaqinda yuklangan postlar yuqorida ko‘rsatiladi. "Bu sizning yangiliklar lentangiz doim dolzarbligicha qolishi uchun qilingan, siz ham o‘zingiz uchun ahamiyatli bo‘lgan postlarni o‘tkazib yubormaysiz", - deyishdi ijtimoiy tarmoqda.
Mavzuga oid
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
21:24 / 31.03.2026