Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlik O‘zbekistonda majburiy mehnat qonun bilan taqiqlanganini eslatdi
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida eslatib o‘tildi.
«Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasi hamda Mehnat kodeksining 7-moddasiga muvofiq, majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga ko‘ra, mehnatga biron bir shaklda ma'muriy tarzda majburlash eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga, quyidagi ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi:
Harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar asosida;
Favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;
Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan;
Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar (masalan, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslardan jismoniy ishlarda foydalanish).
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 23 yoshli o‘qituvchi Diana Yenikeyeva ko‘cha tozalash ishlari chog‘ida «KamAZ» tagida qolib halok bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqda majburiy mehnatga qarshi norozilik kuchaydi.
Mavzuga oid
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025