Jahon | 20:04 / 24.03.2018
6657
2 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi Babkok-ranch – quyosh energiyasi bilan butunlay ta'minlanuvchi AQShdagi ilk shahar

Foto: Kitson & Partners

Bloomberg nashri Floridadagi Babkok-ranch shahridan suratlarni e'lon qildi. U o‘zida o‘rnatilgan quyosh batareyalari hisobidan o‘zini elektr energiyasi bilan to‘liq ta'minlaydi.

Kitson & Partners quruvchi kompaniyasi ilk bor shahar loyihasi haqida 2005 yilda ma'lumot bergan edi, deb yozadi CNBC. Shahar 340 ming quyosh batareyasi hisobidan elektr energiyasi bilan ta'minlanadi. Elektr nafaqat Babkok-ranchning o‘ziga, balki yaqin atrofdagi aholi tumanlariga ham yetadi.

2018 yilning boshida shaharga ikki oila ko‘chib o‘tdi. Biroq qo‘shni tumanlardan bo‘lgan o‘quvchilar, Bloomberg xabariga ko‘ra, shaharda paydo bo‘ladigan ilk maktablarga o‘tishga tayyordir. Loyiha mualliflari Babkok-ranch hududida hammasi bo‘lib 19,5 mingta uy qurishni rejalashtirishmoqda, ularda 50 mingga yaqin odam yashaydi. Hozircha quruvchi kompaniya 100ta uyni qurishga shartnoma imzoladi.

Shaharni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi quyosh batareyalari
Foto: Bloomberg
Foto: Bloomberg
Babkok-ranchdagi ilk uylar
Foto: Bloomberg
Foto: Bloomberg
Shaharda haydovchisiz elektr transport harakatlanishni boshladi
Foto: Bloomberg

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid