Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev BAAda muhim kelishuvlarni imzoladi
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtiga yetib keldi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar beradi.
Davlat rahbarini tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, Nazarboyev va BAA Qurolli kuchlari Oliy qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zaid o‘rtasida yuksak martabali uchrashuv tashkil etildi.
«Mening BAAga tashrifim shayx Zaid ibn Sultonning 100 yilligiga to‘g‘ri keldi. Men otangizni shaxsan taniganimdan faxrlanaman», deb fikr bildirdi Qozog‘iston prezidenti.
Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar tufayli o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2017 yilda 374 million AQSh dollaridan 643 million AQSh dollariga yetgani alohida ta'kidlandi.
Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va chet el sarmoyasini kafolatli himoya qilish to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekdi. Shuningdek, O‘trov oblastida polietilen ishlab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan gaz-kimyo kompleksini qurish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.
Nursulton Nazarboyev Morport Aktau hududidagi MChJ shaklida faoliyat yurituvchi maxsus iqtisodiy zonaning 49 foiz aksiyalarinin sotishga rozilik berdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi BAA bilan fuqarolarning vizasiz tartibda ikki mamlakatga tashrif buyurishiga doir shartnomani imzolagandi.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026