20:58 / 24.03.2018
30413

Useyn Bolt futbolchi sifatida ilk o‘yinini o‘tkazdi

Foto: Hublot

Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Shveytsariyaning Hublot soatsozlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmali o‘yinda maydonga tushdi.

Bellashuv Bazel shahrida tashkil qilingan Baselworld ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi. Unda Diyego Maradona boshchiligidagi Roberto Karlos va Marko Materatstsi kabi futbolchilar jamoasi, shuningdek, Joze Mourino boshchiligidagi Aleksey Smertin, Patrik Klyuyvert kabi futbolchilar bilan birga Useyn Bolt jamoasi ham ishtirok etdi. 11:11 hisobida yakunlangan bahsda Bolt bitta gol urdi.

Foto: Hublot

O‘yinni mashhur italiyalik hakam Nikola Ritstsoli boshqarib bordi.

Foto: Hublot
Mavzuga oid
Top