«Tribuna.Uz» sayti bugundan yangi ruknni işga tuşirmoqda. Ikki oydan sal köproq vaqtdan keyin boşlanadigan navbatdagi mundial iştirokçilari bilan yaqindan tanişib boramiz. Dastlabki nazar Kolumbiya terma jamoasiga tuşdi.

KOLUMBIYa:

Mustaqilligi: 20 iyul 1810 yil
Rasmiy tili: Ispan
Poytaxti: Bogota
Boşqaruv tizimi: Prezident boşqaruvidagi respublika
Aholisi: 48.5 million (dunyoda 28-örin)
Valyuta: Kolumbiya pesosi

TeRMA JAMOA:
Laqabi: Los Cafeteros (Kofeçilar)
Konfederatsiya: KONMeBOL
Boş murabbiy: Xese Pekerman
Jamoa sardori: Xese Rodriges
Eng köp öyin ötkazgan: Karlos Valderama (111)
Eng köp gol urgan: Radamel Falkao (26)
Libos rangi: Sariq-kök-qizil
FIFA reytingidagi örni: 13 (fevral holatiga)
Eng yirik ğalabasi: Bahrayn - 6:0 (2015)
Eng yirik mağlubiyati: Braziliya - 0:9 (1957)
Amerika kubogi: Çempion (2001)
Jahon çempionati: Çorak final (2014)

Kolumbiyaliklar Lotin Amerikasidagi qöşnilari singari, futbol öynaşni ança erta boşlagan bölişsa-da, uzoq vaqt dunyodan uzilib yaşaşdi. 1936 yilga kelibgina, mamlakat futbol federatsiyasi KONMeBOL a'zoligiga qabul qilindi, oradan ikki yil ötib esa, terma jamoa özining ilk rasmiy xalqaro öyinini ötkazdi. Meksika terma jamoasi kolumbiyaliklar ustidan 3:1 hisobida ustun kelgandi.

1945 yilda Kolumbiya ilk bor xalqaro turnirda qatnaşdi. Boliviya, Ekvador, Paragvay, Peru kabi jamoalarni ortda qoldirib, 9 jamoa içida 5-örinni olişgani bir tarafdan yaxşi, ammo boşqa tarafdan, yaqqol yetakçilar Braziliya, Argentina, Çili va Urugvay terma jamoalari bilan örtadagi farq sezilarli darajada katta edi.

ELDORADODAN VALDeRAMAGAÇA