Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada eskalator yo‘lovchini “g‘ajib tashladi” (video)
Istanbulda bir erkak buzilib qolgan eskalatorning ichiga tushib ketdi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda. Voqeaning videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Voqea “Ayazag‘a” metro stansiyasida yuz bergan. Videoda metro yo‘lovchilari to‘xtab qolgan eskalatordan tushishayotgani ko‘rish mumkin. Lahzalardan birida eskalator ishga tushib ketgan. Biroq uning bir qismida zinalari bo‘lmagan.
Eskalator ishga tushganda yuzaga kelgan silkinishdan odamlar yiqila boshlashgan. Bir erkak eskalator chetidagi to‘siqni ushlab olmoqchi bo‘lgan, biroq zinalar yo‘q joydan eskalator mexanizmi ichiga tushib ketgan.
Erkakni qutqarish bo‘yicha amaliyot bir soat davom etgan. U shifoxonaga jo‘natilgan. Ta'kidlanishicha, uning hayoti xavf ostida emas. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, nosoz eskalator oldida bu haqda ogohlantiruvchi belgi turgan, biroq odamlar unga e'tibor qaratishmagan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026