Ğijduvon şahrida istiqomat qiluvçi Ravşan bobo Tilavov bu yil 93 bahorni qarşiladi. Bu piri badavlat inson bir umr ota-bobosining halol kasbi — sartaroşlik bilan şuğullanib kelgan va 1992 yili nafaqaga çiqqan. Bobo 1953 yildan buyon mehnat qilib kelgan, Ğijduvon şahridagi Yusuf Hamadoniy köçasida, tuman IIB pasport stoli biqinida joylaşgan, yer maydoni 184,5 kv.m, quriliş maydoni 14,4 kv.m bölgan aholiga maişiy körsatiş binosida öğli — muzlatgiçlar va sovutgiçlar sozlovçi usta Mahmud Ravşanov işlay boşlaydi.

Eski, unniqqan, 60 yil avval barpo etilgan köhna bino avval sartaroşxona, keyin ustaxona bölganini butun Ğijduvon ahli biladi.

Zamon özgarmoqda, hamma joyda zamonaviy binolar qurilmoqda. M.Ravşanov ham özi va otasi uzoq yillardan beri işlab kelgan binoga egalik huquqini çiqartiriş, zamonaviy bino quriş, aholiga iş örni yaratiş maqsadida Ğijduvon tuman hokimligiga 2015 yil boşlarida ustaxona joylaşgan yerni rasmiylaştirib berişni sörab murojaat qiladi.

Tuman hokimli yerga egalik huquqi sud tartibida örnatilişini aytadi va M.Ravşanov sudga murojaat qiladi va fuqarolik işlari böyiça tuman sudi murojaatni har tomonlama örganib çiqib, uşbu yerni FKning 187-moddasiga asosan, 15 yildan ortiq vaqt mobaynida öziniki kabi, oşkora, halol foydalanib, şu yerni obod qilib, insofli foydalanuvçi sifatida faoliyat körsatib kelayotganligi uçun uşbu binoga va uni örab turgan hududni 2015 yil 2 aprelda 3-877-15-sonli iş bilan hokimlik va tuman kadastr bölimi vakillari iştirokida, sudya Ş.Razzoqov raisligida ötgan oçiq sud majlisida egalik huquqi beradi.

(Bu orada tuman IIB pasport stoli va ustaxonani ajratuvçi temir tösiq örniga töğri qilib devor oliş, devor ustiga tikanli sim örnatiş masalasi köndalang böladi. Uşbu devorni 206-korxona qurib beradi, keyinçalik M.Ravşanov (özining aytişiça) devorga ketgan xarajatlarni korxonaga tölab beriş şarti bilan. Devorni kötariş asnosida maişiy xizmat körsatiş ustaxonasi va 206-korxona örtasini tösib turuvçi devor ham yiqitiladi va yangi devorni tiklaşda uning ğiştlaridan foydalaniladi — 206-XKMK va sartaroşxona orasi oçiladi, buni eslab qoling!)

Xullas, sud orqali egalik huquqini qölga kiritgaç, M.Ravşanov tuman kadastr bölimiga murojaat qiladi, kadastr hujjatlariga binoning şarq tomonidagi qöşnisi — tuman IIB hujjatga e'tirozsiz muhr va imzo qöyib beradi, biroq şimol va ğarb tomondan qöşni 206-sonli quriliş taşkiloti