Özbekistonda 29 ta yirik davlat korxonasi xususiylaştiriladi. Bu 21 aprel kuni imzolangan prezident farmonida belgilandi.
Asaka avtomobil zavodi va boşqa qator aktivlarga egalik qiladigan “UzAuto Motors” AJdagi 99,7 foiz uluş sotiladi. Buning uçun yil oxirigaça konsultant jalb etilib, ommaviy savdo 2026 yil 1-çorakda e’lon qilinişi közda tutilgan. Undan avval, 2025 yil 4-çorakda Toşkent şahrida joylaşgan dvigatel zavodi – UzAuto Motors Powertrain'ning 100 foiz uluşini savdoga çiqariş reja qilingan.
Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanidagi “Uzbekistan GTL” MÇJning esa 100 foiz uluşi xususiylaştiladi. Konsultant jalb etiş muddati – 2025 yil 3-çorak, ommaviy savdoni e’lon qiliş 2026 yil 2-çorakka belgilangan. Markaziy Osiyodagi eng yirik neftgaz-kimyo korxonasi bölmiş zavod “Özbekneftgaz” orqali jalb etilgan taşqi qarzlar hisobidan, 3,42 mlrd dollarga qurilgan va 2022 yilda işga tuşirilgan.
Mobiuz aloqa operatori – “Universal Mobile Systems” MÇJning 100 foiz uluşini sotiş böyiça konsultant yaqin haftalarda – 2025 yil 2-çorakda jalb etilib, keyingi çorakda sotuv haqida e’lon berilişi kerak.



2025 yil 3-çorakda, şuningdek, “Özbekinvest EISK” AJning 75,24 foiz aksiyasi ham sotuvga qöyilişi közda tutilgan. “Özagrosuğurta” AJning 99,35 foiz aksiyalari 2026 yil 1-çorakda sotuvga qöyiladi.
Farmonga köra, 2025 yil 4-çorakda “Özbekgidroenergoquriliş”, “Transgazmaxsusquriliş”, “Maxsusenergogaz” sotuvini boşlaş közda tutilgan. Yilning sönggi çoragida Özbekistondagi yirik elektr stansiyalaridan “Sirdaryo”, “Töraqörğon”, “Angren”, “Yangi Angren”, “Toşkent”, “Navoiy” va “Taxiatoş” IESlari hamda “Muborak”, “Farğona” va “Toşkent” IEMlari ham sotuvga qöyilişi zarur.
2025 yil 4-çorakda, şuningdek, Şerobod sement zavodi va “Şarğunkömir” sotuvga çiqariladi.
“Özmetkombinat”, Toşkent traktor zavodi, “Texnopark”, “Özagrolizing” va Uzbek Leasing International – ommaviy savdosini e’lon qiliş 2026 yil 1-çoragiga belgilangan korxonalar qatoriga kiradi.
“Yölquriliş” va “Özsuvquriliş” AJlar sotuvini 2025 yil 3-çorakda boşlaş belgilangan.














