Iqtisodiyot | 19:55 / 29.03.2018
15907
5 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: Investorlarni O‘zbekistonga sarmoya kiritishdan to‘xtatib turgan narsa – murakkab soliq tizimi

Foto: KUN.UZ

Investorlar, ayniqsa mahalliy sarmoyadorlarni O‘zbekistonga sarmoya yotqizishidan to‘xtatib turgan narsa, bu murakkab soliq tizimi, bu umumiy tarzda o‘rnatilgan qo‘rqituvchi soliq tizimidir. “O‘zEkspo” MKKda bo‘lib o‘tgan soliq konsepsiyasi muhokamasida ekspertlar tomonidan shunday fikrlar bildirildi.

“Iqtisodiyot yaxshilansa, o‘zaro munosabatlar, biznesimizga bo‘lgan munosabatimiz ijobiy tomonga o‘zgarsagina, reytingimiz o‘zgaradi. Biz investitsiyalar haqida so‘z yuritganimizda, faqat xorijiy investorlarni emas, balki mahalliy sarmoyadorlarni ham nazarda tutamiz.  
O‘zbekistonlik tadbirkorlar ham o‘zimizda biznes yuritish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yetarli g‘oya, bilim, tajriba, moliyaviy mablag‘ga ega. Ammo ular ham sarmoya kiritish jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova.

Foto: Xalkaro Press klub

Uning ta'kidlashicha, “mahalliy sarmoyadorlarni ichki investitsiya kiritishdan to‘xtatib turgan narsa, bu murakkab soliq tizimi, bu umumiy tarzda o‘rnatilgan qo‘rqituvchi soliq tizimidir. Bu, bugungi kunda o‘zining yaroqsizligini ko‘rsatgan yagona soliq to‘lovidir”. Shu boisdan ham soliqlar haqida gap ketganda, dunyoning barcha reytinglari, iqtisodchilari stavka qanchaligidan so‘z boshlaydi. 

Soliq konsepsiyasini ishlab chiqish faollaridan biri, shuningdek barcha kamchilik stavkalarda emasligini ham ta'kidladi. 

“Biroq faqatgina stavkalar O‘zbekiston soliq tizimini jozibasiz qilayotgani yo‘q. Investorlar kelasi yilda nimalarni kutish mumkinligiga doir prognoz tartibiga ega emas. Investorlar bugun boshqa stavka, ertaga boshqa stavka ekanidan, kimgadir imtiyoz berib, boshqasiga ayni imtiyoz taqdim etilmasligidan nolishmoqda. Bunday sharoitda pul mablag‘larini sarmoya sifatida kiritish juda murakkabdir”, - dedi ekspert “O‘zEkspomarkaz”da bo‘lib o‘tgan anjumanda.

Shu bilan birga, Go‘zal Islomova investitsiya kiritish uchun noqulay muhit, foyda bermayotgan manzilli imtiyozlar, davr talabidan ortda qolayotgan bugungi soliq tizimi haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Sarmoya bu daromad keltirishi kerak bo‘lgan mablag‘dir. Investorlar shunday o‘ylashidan biz xursandmiz va investorlar ham qanday daromad olishini bilishi kerak. Agar biz tizimni prognozlashtirish imkonsizligini, har yili stavkalar o‘zgarayotganini, har yili soliq solish usullari o‘zgarayotganini ko‘rsak, har yili Soliq kodeksidan tashqari soliq sohasini tartibga soluvchi turli normativ hujjatlar paydo bo‘lsa, albatta bunday beqaror muhitda investitsiya kiritish juda qiyindir. 

Bundan tashqari, investorlarni qo‘rqitayotgan jihatlardan biri, manzilli ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab imtiyozlarning taqdim etilishidir. Albatta, imtiyozlar haqida gap ketganda, anglaymizki, u iqtisodiyotning turli ishtirokchilariga turtki beruvchi omildir. Ammo keling, imtiyoz borasida davlat ahamiyatiga molik, rivojlantirish zarur bo‘lgan sohalarni tanlab olib, ularga umumtarzda imtiyozlar taqdim etaylik.

Foto: Xalkaro Press klub

Chunki bugungi kunda ulkan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan yirik korxonalar o‘z samaradorligini ko‘rsatmayapti. Imtiyozlardan foydalanayotganlariga qaramay, ulardan byudjyetga yetarli soliq tushmayapti, ishlab chiqarishni kengaytirib, yiriklashayotganini ko‘rmayapmiz”, - dedi ekspert. 

Go‘zal Islomova bugungi soliq tizimi haqida so‘z yuritar ekan, u davr talablaridan ortda qolayotganini ta'kidladi. 

“Bugungi soliq tizimi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, u ortda qolmoqda. Bir jihatdan u kichik biznes rivojlanishiga yordam bergani tufayli yaxshi hamdir. U byudjyetga barqaror tushumlar tushishini ta'minladi. Biroq barcha islohotlarni kutmoqda. Biznes islohotlarni kutmoqda. Biznes chegaralar ochilib, sog‘lom raqobat bo‘lishini kutmoqda, bunga tayyor ham. Shu boisdan bizning mas'uliyatimiz iqtisodiyot rivojlanishi uchun qulay muhit barpo etishdir”, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari.

Mavzuga oid