Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superligada dastlabki het-trik «Qizilqum»ga g‘alaba keltirdi
O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi o‘z uyida autsayder bo‘lib turgan Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lishiga qaramasdan, ikkinchi bo‘limda mehmonlarning legioner hujumchisi Elguja Grigalashvili avvaliga 46, keyin esa 84 va 87-daqiqalarda gol kiritib yangi formatda o‘tayotgan superligada bunday natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi. Mezbonlarning bu golga bergan yagona javobi esa, ularni faqatgina yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Natijada «Qizilqum» ilk g‘alabasini nishonlab 4 turdan keyin 3 ochko jamg‘argan holda 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «So‘g‘diyona» esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.
O‘zbekiston superligasi
4-tur
«So‘g‘diyona» – «Qizilqum» 1:3 (0:0)
«So‘g‘diyona» stadioni. 9380 tomoshabin
Gollar: Sardor Azimov (87) — Elguja Grigalashvili (46, 84, 87).
«So‘g‘diyona»: 23. Dilshod Hamroyev, 3. Azamat Isroilov (9. Sardor Azimov, 72), 4. Elyor Orifov, 5. Farhod Mirahmatov, 7. Doniyor Odilov (99. Nurillo To‘xtasinov, 46), 10. Shohruz Norxonov, 15. Shohrux Xolmatov, 19. Alisher Ziyovuddinov, 31. Jahongir Abdumo‘minov, 33. Tohir Shamsitdinov, 77. Izzatilla Abdullayev (14. Siroj Meliyev, 79).
«Qizilqum»: 1. Erkin Jabborov, 7. Nodirxon Kamolov, 10. Alisher Sanoyev (18. Samandar Shodmonov, 34), 11. Doniyor Usmonov (9. Humoyun Abdualimov, 79), 14. Fayzulla Qambarov, 17. Artur Gevorkyan, 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 44. Mirjalol Qosimov, 84. Nemanya Yovanovich (8. Akmal Rustamov, 90+2).
Ogohlantirishlar: Doniyor Usmonov (24), Tohir Shamsitdinov (25), Artur Gevorkyan (68).
Hakamlar: A. Risqullayev (Toshkent), R. Nugmanov (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), F. Yansupov (Toshkent)
Mavzuga oid
21:35 / 18.02.2026
«Qizilqum U19» futbol klubi bosh murabbiyi pora olayotganda ushlandi
10:44 / 10.05.2024
Markaziy Qizilqum tabiat bog‘ida ilk bor saqoqushlar galasi qayd etildi
13:20 / 16.04.2024
Qizilqum qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi
14:36 / 21.03.2024