Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Supermikroblarni o‘ldirishga qodir antibiotik ishlab chiqildi

Illyustrativ surat
Braun universiteti mutaxassislari Harvard olimlari bilan birgalikda antibiotiklarning mutlaqo yangi toifasini ishlab chiqishdi. Preparat metitsillin va boshqa dori vositalari ta'siriga chidamli bo‘lgan stafilokokkni to‘liq yo‘q qilishga qodir. Nature jurnali shu haqida xabar berdi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mavjud retinoid antibiotiklar tezkor ta'sirga ega bo‘lib, ularga qarshilik ko‘rsatish ehtimoli ham kam. Ta'kidlash joizki, bunday preparatlarning bir salbiy tomoni bor: ular hujayralarda patalogik o‘zgarishlarga olib kelishi va hatto ularni yo‘q qilishi ham mumkin.
Tadqiqotlar davomida ilmiy xodimlar faqatgina bakteriyalar membranalariga ta'sir qiluvchi antibiotiklar to‘plamini yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular shuningdek eski infeksiyalarga qarshi ham samarali kurashishi qayd etildi.
Zamonaviy tibbiyotda so‘nggi vaqtlarda superbakteriyalarning paydo bo‘lish muammosi ancha dolzarb. Bunday mikroblarga antibiotiklarning bir yoki bir necha turi ta'sir o‘tkaza olmaydi.
Chidamli patogenlar orasida noyob infeksiya qo‘zg‘atuvchilar bilan bir qatorda keng tarqalgan va xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilar ham bor. Tillarang stafilokokk va pnevmokokk ularning sirasiga kiradi.
Shifokorlar tez orada barcha antibiotiklar o‘z samarasini yo‘qotishidan va tibbiyotning "zulmat asri" boshlanishidan jiddiy xavotirdilar.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:18 / 05.10.2024
Dunyoda yoshlar o‘rtasida saratonga chalinish holatlari ortayotgani aytildi

20:23 / 29.05.2019
Olimlar daryolarning antibiotiklar bilan ifloslanganini aniqlashdi

23:30 / 07.11.2018