Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qo‘qon» yangilangan stadiondagi ilk o‘yinda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv Qo‘qondagi yangi ta'mirdan chiqqan «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda «Qo‘qon-1912» jamoasi Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Timoslav Payovich tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarning yangi mavsumdagi ilk mezbonlik o‘yinida g‘alaba keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Qo‘qon-1912» ochkolari sonini 6taga yetkazib oldi, «Navbahor» esa ilk mag‘lubiyati esa 7 ochko bilan 3-pog‘onaga tushib ketdi.
O‘zbekiston Superligasi, 4-tur
«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» – 1:0 (0:0)
Gol: Timoslav Payovich (76).
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Jamshid Hasanov (96. Muhammadanas Hasanov, 46), 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev (9. Nosir Otaqo‘ziyev, 74), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (17. Quvondiq Ro‘ziyev, 46), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo.
«Navbahor»: 1. Botirali Ergashev, 6. Oston O‘runov (15. Azamat Allaniyozov, 82), 9. Dilshod Jabborov, 10. Aziz Turg‘unboyev, 12. Nenad Inats (8. Abyuxon Nu'monov, 72), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A'zam Aliyev, 24. Davron Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov (17. Sardor Sulaymonov, 78), 33. Timoslav Payovich, 44. Darko Stanoyevich.
Hakamlar: H. Ro‘ziyev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)
Mavzuga oid
17:53 / 23.06.2026
Prezident “Navbahor” futbol klubining akademiyasida bo‘ldi
15:31 / 01.12.2025
Temur Kapadze O‘zbekistonda qoldi
17:57 / 31.10.2025
«Nasaf» muxlislari Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchradi
23:58 / 06.07.2025