Kun.uz faoliyatiga to‘sqinlik qilgan «Toshkent savdo markazi» xodimlari ishdan bo‘shatildi

Foto: KUN.UZ
29 mart kuni «Toshkent trade center» MChJ («Toshkent savdo markazi» yoxud sobiq Abu-Saxiy bozori) ma'muriyati Bosh direktor Alisher Xusainov va Kun.uz xodimlari ishtirokida ijodiy guruh a'zolarining faoliyatiga to‘sqinlik bo‘lgani yuzasidan ochiq suhbat uyushtirildi. Mavjud dalillar va tushuntirishlar natijasida bozor ma'muriyati bosh direktori voqeadan bexabar ekanligini va yuzaga kelgan ko‘ngilsiz voqea uchun uzr so‘rab, xizmat tekshiruvi o‘tkazishga buyruq berishi haqida ma'lum qildi.
30 mart kuni esa xizmat tekshiruvi jarayonida korxonaning ayrim xodimlari tomonidan Kun.uz elektron ommaviy axborot vositasi vakillariga nisbatan hurmatsizlik bildirilib, nomunosib xatti-harakatlar sodir etilganligi aniqlandi. Tekshiruv xulosasiga asosan, Tezkor ishlar va rejim nazorati boshlig‘i o‘rinbosari T.D.Idrisaliyev, Infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inshootlarning ijarasi uchun to‘lovlar nazorati bo‘limi menejyerlari R.X.Xotamov, M.M.Sharipov va B.B.Djurayev, shuningdek savdo markazi Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajarib turgan videokuzatuv xizmati katta operatori B.R.Sayidov egallab turgan lavozimlaridan ozod qilinib, ishdan bo‘shatildi.
Shuningdek, korxonaning Infrastrukturadan foydalanganlik hamda bino va inshootlarning ijarasi uchun to‘lovlar nazorati bo‘limi boshlig‘i A.E.Ahmedov, Xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha xizmat boshlig‘i U.Rahimov va boshqa bir qator xodimlar qattiq ogohlantirilib, Bosh direktorning birinchi o‘rinbosariga bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish lozimligi qat'iy ta'kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni «Toshkent savdo markazi» hududida Kun.uz jurnalisti, ijodiy guruh boshlig‘i Xurshid Daliyev, tahririyat yuristi Zafarbek Solijonov va tasvirchi xodimi Fazliddin Abduqodirov jurnalistik faoliyatini amalga oshirishda bozor ma'muriyati xodimlari tomonidan to‘sqinlikka uchragandi. Bozor ma'muriyatining Rustam ismli xodimi Kun.uz tasvirchisidan kamerani tortib olib, kamera xotirasida mavjud barcha tasvirni o‘zboshimchalik bilan o‘chirib tashlagan. Shuningdek, xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan tahririyat xodimlarini majburiy ravishda bozor ma'muriyati binosiga kirishga undagan. Xizmat vazifasida bo‘lgan muxbirlar bozor ma'muriyatiga qarashli binoda jismoniy va ruhiy tazyiqlarga uchragandi.
Mavzuga oid: Kun.uz faoliyatiga to‘sqinlik qilindi
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
-
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti
Jahon | 13:55
-
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi
Jahon | 13:33
Mavzuga oid

17:00 / 30.11.2021
“Toshkent savdo markazi”ning yangi 8 qavatli gipermarketi ishga tushdi

15:15 / 29.01.2021
2020 yili eng qimmat narxda sotilgan davlat mulklari ma'lum qilindi

08:40 / 09.05.2020
Toshkentdagi sobiq «GUM» sotuvga qo‘yilmoqda

10:00 / 28.01.2020