21:15 / 31.03.2018
11061

Prezidentni laganbardorlardan himoya qilish lozim – Almazbek Atamboyev

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidentini laganbardorlardan himoya qilish lozim. Bu haqda matbuot anjumanida  Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev aytib o‘tdi.    
     
Uning aytishicha, prezident Sooronbay Jeenbekov korrupsiyaga qarshi kurash haqida faqatgina “chiroyli gaplargina” aytgan.

“Unga bunday chiroyli so‘zlarni yozib berishgan. Xavfsizlik kengashi aql markazi bo‘lishi kerak, sen formada yoki formadamasligingni tekshirishi kerakmas. Jeenbekov o‘z yo‘li boshida turibdi, unga yordam berish lozim. Har bir kishi o‘z uchastkasiga javob berishi kerak. Uni aldashganda va u bunday so‘zlarni o‘qiganda, men hujjatlarni ko‘rsatishga majbur bo‘laman”, deb aytgan Atamboyev.

“Men bir kun ham xizmat qilmagan Temir Jumakadirovni ishga chaqirganman. Men 90-yillar boshida restoran ochayotganimda ham avval bu sohada ishlamaganlarni ishga olganman. Xavfsizlik kengashi ishlar edi. Hozir ham shunday bo‘lishi kerak. Bunday so‘zlarni suqishtirish kerak emas. Men prezidentga ishonaman. Biz uni laganbardorlardan himoya qilsak, u munosib ravishda vazifasini ado etadi. Men hech kimni yo‘naltirmoqchimasman. Agar u yoki boshqa bir kishi maslahat so‘rasa, men unga nima qilish kerakligini aytaman. Kitoblarda yozilmagan bilimlar bor. Mening vazifam falokatga olib kelishi mumkin bo‘lgan narsani unga aytishdir”, deb qo‘shimcha qilgan sobiq prezident. 

Mavzuga oid
Top