Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat rahbari: Yirik majmualar qurilishida yong‘in xavfsizligidan mablag‘ tejashning oqibati yomon bo‘ladi
31 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida «Savdo-ko‘ngilochar va odamlar ko‘p to‘planadigan boshqa majmualarda yong‘in bilan bog‘liq va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish holati hamda belgilangan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha rahbar xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish haqida»gi masala ko‘rildi.
«Yig‘ilishda hukumat rahbari Rossiya federatsiyasining Kemerovo viloyatidagi noxush hodisadan kelib chiqib, mamlakatdagi loyihalashtirish institutlariga yirik majmualarni rejalashtirishda yong‘in xavfini oldini oluvchi jihatlarga katta e'tibor qaratish kerakligini ta'kidladi», deya xabar beradi Kun.uz muxbiri
Abdulla Aripov o‘z so‘zida “bu nafaqat loyihalashtirish institutlarining aybi, balki buyurtmachilar loyihada yong‘in xavfsizligi me'yorlari bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmalardan mablag‘" tejashni o‘ylashi haqida fikr bildirdi.
«Endi, loyihalashtirish institutlariga mazkur masalada qattiq talab qo‘yiladi. Loyihalarni qabul qilishda aynan shu jihatlarga har tomonlama e'tibor qaratamiz. Bino ichidagi insonlarni olib chiqish uchun evakuatsiya yo‘llari, yong‘in chiqishi holatlarini oldini oluvchi zamonaviy signalizatsiya tizimi, tutun chiqib ketuvchi qurilmalar, o‘t o‘chirish vositalari va shu yo‘nalishdagi barcha ishlar talab darajasida bo‘lishi zarur», deydi Bosh vazir.
Mavzuga oid
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
23:50 / 01.07.2026