Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandini 10 yil zanjirband saqlagan ona: Boshqa yo‘lim yo‘q edi...
Xitoylik 41 yoshli Van Chjitsyan 10 yildan ortiq umrini tosh hujrada devorga zanjirband qilingan holatda o‘tkazdi.
Van Chjitsyan gung tug‘ildi, biroq bolaning aqliy salohiyati joyida bo‘lgan, shuning uchun ota-onasi uni imkoniyati cheklangan bolalarga mo‘ljallangan maktab-internatga yo‘llagan.
"Bola eshitish va gapirish xususiyatidan mahrum bo‘lsa-da, aqlli edi".
Ding Yanfeng, mahalliy partiya kotibi
Internatdagi hayot Van Chjitsyan uchun oson kechmadi. U shikastlanib, kuchli qo‘rqishni boshdan o‘tkazdi. Shu fonda bolaning psixikasida buzilishlar kuzatildi, uning oila a'zolari esa kerakli davolash muolajalari bilan ta'minlash uchun haddan tashqari nochor edilar.
"U boshqa maktabga bora olmasdi, uyda ham ahvol tobora yomonlashib borardi. Oxir-oqibat u mahalliy aholiga hujum qila boshladi".
Yue Jun, onasi
Oila boshlig‘i hayotdan ko‘z yumganida Vanning onasi o‘g‘lini nazorat qilish juda qiyinlashgani, o‘g‘lini tosh hujraga zanjirband qilishdan boshqa yo‘l qolmaganini aytdi.
"Uni qulflab, zanjirband qilishdan boshqa yo‘lim qolmagan edi. Bunga ham 10 yildan oshdi".
Yue Jun, onasi
Vanning opasi, 50 yoshli Van Shufen o‘z hissiyotlarini jilovlay olmay, har safar ukasini zanjirlangan, nochor ahvolda ko‘rganida xo‘ngrab yig‘laydi.
"Shunday afsusdamanki... Uning o‘rniga men zanjirband bo‘lganim yaxshi edi".
Van Shufen, opasi
Partiya kotibining ma'lum qilishicha, mahalliy hukumat organlari Vanning oila a'zolariga oylik nafaqa to‘laydi, biroq pullar davolash muolajalariga yetmaydi. U bu ma'lumotning tarqalishi jamoatchilik e'tiborini jalb qilishiga va ular 41 yoshli Vanni psixiatrik shifoxonaga yotqizish uchun zarur summani yig‘ishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
13:56
Xitoy Tayvan atrofida mashg‘ulot boshladi: harbiylar orolni blokada qilishni sinovdan o‘tkazadi
09:51
Tayvan bo‘g‘ozi atrofida keskinlik: Xitoy apreldan beri ilk yirik mashqni o‘tkazadi
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025