Jahon | 19:30 / 03.04.2018
12774
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an va Putin 20 mlrd dollarlik AES qurilishiga start berdi

Foto: AFP

Rossiya va Turkiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an videokonferensiya rejimida Turkiyada “Oqquyu” AES qurilishining boshlanish marosimida ishtirok etdi.

“Oqquyu” AESi - BOO ("build-own-operate", "qur-egalik qil-foydalan") modeli bo‘yicha amalga oshirilayotgan dunyodagi birinchi AES loyihasi. Bu modelga muvofiq, Rossiya stansiyani quradi, unga egalik qiladi va foydalanadi.

Hukumatlararo imzolangan bitimga ko‘ra, aksiyalarning kamida 51 foizi rus kompaniyalariga tegishli bo‘ladi, qolgan 49 foizi tashqi investorlarga sotib yuborilishi kerak.

“Oqquyu” AES loyihasi "3+" avlodidagi VVER-1200 Rossiya reaktor qurilmalariga ega to‘rtta energoblokni o‘z ichiga qamrab oladi. Ular eng yuqori xavfsizlik standartlariga javob beradi. Har bir energoblokning quvvati 1200 MVt.ga teng. Loyiha qiymati – qariyb 20 mlrd dollar.

RF va Turkiya o‘rtasida mamlakat janubiy qirg‘og‘idagi Mersin viloyatida “Oqquyu” maydonchasida atom elektrstansiyasini qurish va foydalanishga topshirish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo bitim 2010 yilning 12 may kuni imzolangan.

“Oqquyu” AES 1-4-raqamli energobloklarning sanoat maqsadida foydalanish 2023, 2024, 2025 va 2026 yillarning aprel oylariga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid