Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Suriyaga Rossiya, Eron va Turkiyadan boshqa hech kim yordam bermayapti
Rossiya, Eron va Turkiyadan tashqari, Suriyaga insonparvarlik yordami ko‘rsatish uchun hech kim hech narsa qilayotgani yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya hamda Eron yetakchisi Toyyib Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy bilan o‘tkazgan muzokaralari yakuni bo‘yicha ma'lum qildi.
"Siyosiy yechim topishdan tashqari, odamlar normal sharoitlarda yashashi ham kerak. Kapital, yirik sarmoyalarsiz, jumladan, chetdan ham, hech narsani qilishning uddasidan chiqa olishmaydi. Shuning uchun biz jahondagi barcha davlatlarni faqat so‘zda emas, balki amalda ham o‘zlarini ko‘rsatishlarini so‘raymiz. Barcha boshlanishiga gumanitar yordamga qo‘shilish lozimligi haqida gapirmoqda, biroq Eron, Turkiya va Rossiyadan boshqa hech kim aytarli ish qilayotgani yo‘q. Biz BMT yo‘nalishi bo‘yicha katta gumanitar yordamlar yetkazib berilishini ko‘rmoqdamiz, biroq bu yetarli emas. Suriya iqtisodiyoti, infratuzilmasini tiklash bo‘yicha umumiy ishga qo‘shilish lozim", - deya aytib o‘tdi Putin.
Mavzuga oid
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:15
Ahmadinajod atrofidagi shov-shuv: Isroil uni og‘dirib olmoqchi bo‘lganmi?
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026