Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, Turkiya va Eron Suriyadagi umumiy strategik maqsadni ma'lum qildi
Rossiya, Turkiya va Eron Suriyada terrorchilarni tor-mor keltirishni o‘zining umumiy maqsadi sifatida ko‘rmoqda. Ular vaziyatni beqarorlashtirish bo‘yicha urinishlardan qaytmayapti, deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Umumiy strategik maqsad sifatida terrorchilarni yakuniy tarzda tor-mor keltirishni ko‘rmoqdamiz, ular “yerdagi” vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlardan qaytmayapti, tinch jarayonni ilgari surish bo‘yicha sa'y-harakatlarga zarar yetkazishmoqchi", - degan Putin uch davlat yetakchisi ishtirokidagi uch tomonlama sammit yakunlari bo‘yicha.
Ta'kidlanishicha, Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlarining kelasi uchrashuvi Eronda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyning saytida e'lon qilingan qo‘shma bayonot matnida aytiladi.
"Keyingi sammitni Eron Islom Respublikasida o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Bu prezident Hasan Ruhoniyning taklifiga ko‘ra ro‘y berdi", - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
10:15