Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tumanidagi mashina bozori boshqa joyga ko‘chiriladi
Samarqand tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-18 mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va Pastdarg‘om tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan, deb xabar bermoqda O‘zA.
"Samarqand tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chirilgan holda uning hududi baliqchilik xo‘jaligi innovatsion ilmiy o‘quv markazi, baliqchilik laboratoriyasi, maxsus maktabgacha ta'lim muassasasi, mehmonxona va ko‘p qavatli turar joylar barpo etish uchun “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligiga ajratib beriladi", deyiladi xabarda.
Samarqand tuman arxitektura va qurilish bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda avtomobil bozori uchun tuman hududidan joy tanlanmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
11:21 / 06.11.2025
“Kimnidir ayblamayman” – qo‘shaloq falokatdan omon qolgan yigit
13:33 / 11.03.2025
Samarqand viloyatida uchta tarixiy masjid buzib tashlandi
17:22 / 17.10.2024