Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiqlarga imkon berildi. Jizzaxda 1 kunda 6 hokim o‘zgardi

3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif uyushtirdi.
Tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Jizzax shahrida, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor va Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha jami 6 hokim o‘zgardi.
Jizzax shahri hokimi Akrom Bahritdinovich Raxmonqulov o‘rniga Akbar Safarovich Shukurov;
Baxmal tumani hokimi Bahriddin O‘rolovich Safarov o‘rniga Musa To‘rayevich Anarboyev;
Do‘stlik tumani hokimi Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Yuldashevich Uzoqov;
Paxtakor tumani hokimi Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov o‘rniga Shukrullo Habibullayevich Boboyev;
Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Jo‘raqulovich Anqayev o‘rniga Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov;
Zafarobod tumani hokimi v.b Ziyadin Hamidovich Sayidov o‘rniga Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Shukrullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov o‘tgan yilning 30 oktabrida 2017 yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sababli prezident tomonidan ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya olov ichida qoldi
Jahon | 01:37
-
Hindistonda suv toshqinlari oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 00:44
-
Turkiya Suriyaga qurol-yarog‘ yetkazib beradi
Jahon | 00:33
-
Vengriya muxolifati yetakchisi Rossiya razvedkasini saylovlarga aralashayotganlikda aybladi
Jahon | 00:14
Mavzuga oid

11:00 / 22.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025