Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar hokimligi zaxirasidagi ko‘kargan piyozni o‘qituvchilarga pullayotgani rad etildi
2018 yilning 3 aprel kuni xorijiy nashrlarda, xususan, Ozodlik radiosi orqali tarqatilgan “Hokimlikning chirigan piyozini olgan bo‘lardingizmi?” nomli maqola nashr etildi. Xabarda 2018 yil 30 martdan Toshkent shahridagi xalq ta'limi bo‘limlari maktab o‘qituvchilariga majburan piyoz sotilayotganligi, shahar hokimligi zaxirasidagi piyoz ko‘karib¸ chiriy boshlagani bois bozorda o‘tmaganidan uni o‘qituvchilarga sotish bilan bog‘liq noto‘g‘ri axborot berilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 20 oktabrdagi “2017-2018 yillar qish-bahor faslida respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan kafolatli ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3345-son Qaroriga muvofiq, bahor fasli erta kelganligi, havo harorati keskin isib ketishi oqibatida tegishli mutasaddi idoralarning zaxiraga g‘amlangan piyozning sifati o‘zgarishi mumkinligi haqidagi xulosalarini inobatga olib, shuningdek ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida, “Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalar va ularning xodimlarini bepul piyoz bilan ta'minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahar prokurori, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari –Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, Toshkent shahar DSB boshlig‘i hamda Toshkent shahar Adliya boshqarmasi 2018 yil 4 aprel kuni qo‘shma Qarorni imzolagan.
Qo‘shma qarorga binoan Toshkent shahri aholisini va ijtimoiy soha, kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi, harbiy muassasalarga zaxira saqlovida mavjud bo‘lgan piyoz mahsulotining bepul yetkazib berilishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilgan.
Xususan bepul piyozning o‘z vaqtida, to‘liq va manzilli yetkazib berilishida muassasa va mahallalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilandi. Davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi, Toshkent shahar veterinariya boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan bepul tarqatilayotgan piyoz mahsulotining sifati buzilmagan holda yetkazilishi nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 apreliga qadar tuman xalq ta'limi boshqarmalarida ixtiyoriy savdo yarmarkalari tashkil qilinib piyozning narxi 800 so‘mdan sotilgan.
Vaziyatni o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi vakillari piyozni talab darajasida iste'molga yaroqli ekanini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026